{$Identifikatorini) ko'rish
Jild 1 Nomeri 1 (2025): 2025-yil mart soni

Mazkur jurnal soni pedagogik mahorat markazlarida tahsil olayotgan tinglovchilarning kasbiy bilim, ko‘nikma va kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan. Unda zamonaviy pedagogikaning dolzarb yo‘nalishlari, ilmiy izlanishlar natijalari, ilg‘or metodik yondashuvlar hamda ta’lim jarayonida innovatsion texnologiyalardan foydalanish masalalariga bag‘ishlangan maqolalar jamlangan. Nashrning asosiy maqsadi pedagoglarning kasbiy salohiyatini mustahkamlash, ularning pedagogik faoliyatini zamonaviy talablar asosida takomillashtirish va ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiluvchi ilg‘or tajribalarni ommalashtirishdan iborat.

Jurnal sahifalarida ta’lim jarayonini samarali tashkil etish, innovatsion va interaktiv metodlardan foydalanish hamda pedagogik texnologiyalarni amaliyotga tatbiq etishning samarali usullari yoritilgan. Mazkur yondashuvlar pedagoglarning metodik mahoratini oshirish bilan birga, o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, ijodkorlik, muammoni tahlil qilish va tanqidiy yondashuv ko‘nikmalarini rivojlantirishga zamin yaratadi.

Nashrni yuklab oling:
Nashr qilingan: 2025-03-05