ZAMONAVIY TA'LIMNI TAKOMILLASHTIRISH - DAVR TALABI
Annotatsiya
Har bir jamiyatning kelajagi uning ajralmas qismi boʻlgan ta'lim tizimi bilan belgilanadi. Ta'lim tizimi jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga asos boʻlib, yosh avlodni zamonaviy bilimlar va koʻnikmalar bilan ta'minlashda muhim oʻrin tutadi. Yangi Oʻzbekistonda ta'limni rivojlantirish va uni yangi sifat bosqichiga koʻtarish davlat siyosati darajasiga koʻtarilgan.