BOSHLANGʻICH SINF ONA TILI DARSLARIDA 5E MODELIDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI
Annotatsiya
Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf ona tili darslarini tashkil etishda 5E o‘quv texnologiyasidan foydalanishning pedagogik ahamiyati yoritilgan. Xususan, 5E modelining bosqichlari – qiziqtirish (Engage), o‘rganish (Explore), tushuntirish (Explain), mustahkamlash (Elaborate) va baholash (Evaluate) jarayonlari orqali o‘quvchilarning nutqiy kompetensiyasini rivojlantirish, mustaqil fikrlashini shakllantirish hamda dars samaradorligini oshirish imkoniyatlari tahlil qilingan. Shuningdek, ona tili darslarida interfaol metodlar, o‘yin texnologiyalari va kompetensiyaviy yondashuvni 5E modeli asosida integratsiya qilishning metodik jihatlari ochib berilgan. Tadqiqot natijalari mazkur texnologiya o‘quvchilarning darsga qiziqishini oshirish, faol ishtirokini ta’minlash va bilimlarni amaliy qo‘llash ko‘nikmalarini rivojlantirishda samarali ekanini ko‘rsatadi.

.png)