SUN’IY INTELLEKTNI TIL O‘RGANISHDA O‘RNI VA MUHIMLIGI
Annotatsiya
Maqolada sun’iy intellekt (SI) texnologiyalarining xorijiy til o‘rganish jarayonidagi o‘rni, afzalliklari va cheklovlari tahlil qilinadi. Duolingo, Babbel kabi SI asosidagi platformalarning o‘quvchilarga moslashtirilgan mashqlar, xatolarni real vaqtda to‘g‘rilash, talaffuz va grammatika bo‘yicha tezkor fikr bildirish kabi imkoniyatlari yoritiladi. Shuningdek, SI o‘quvchining bilim darajasiga qarab shaxsiy o‘quv marshrutini yaratib, motivatsiyani oshirishi qayd etiladi. Biroq murakkab matn va madaniy kontekstni to‘g‘ri talqin qilishdagi cheklovlar, empatiya va ijtimoiy muloqotni boshqarishda inson o‘qituvchining o‘rnini to‘liq bosa olmaslik muammolari ko‘rsatilgan. Maqolada eng samarali model inson va SI uyg‘unligi ekanligi, kelajakda VR va AR texnologiyalari bilan integratsiya til o‘rganish yanada samarali bo‘lishi ta’kidlangan.
Kalit so‘zlar:
Mualliflar haqida
Adabiyotlar ro'yxati
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Shoisayeva D. Sh. Sun’iy intellekt va uning til o‘rganishdagi o‘rni. conference.uzswlu.uz
2. Hatamov A. A. Sun’iy intellekt texnologiyalarining o‘rganish jarayoniga ta’siri. conference.uzswlu.uz
3. Zokirov I. N., Akborov X. M. Sun’iy intellekt asosida xorijiy til o‘rgatish masalalari. conference.uzswlu.uz

.png)