KICHIK VA MAXSUS SANOAT ZONALARINING SHAKLLANISH TARIXI VA RIVOJLANISH TENDENSIYALARI

Annotatsiya

Ushbu maqolada kichik va maxsus sanoat zonalarining (KSZ va MSZ) jahon iqtisodiyotida paydo bo‘lishi, shakllanish tarixi va hozirgi davrda rivojlanish tendensiyalari ilmiy jihatdan tahlil etilgan. Tadqiqot doirasida XIX asr oxiri – XX asr boshlaridan boshlab turli davlatlarda erkin iqtisodiy zonalar, eksport qayta ishlash zonalari va maxsus sanoat hududlarining bosqichma-bosqich rivojlanishi o‘rganilgan. Maqolada Xitoy, Janubiy Koreya, Hindiston, Singapur va O‘zbekiston tajribalari qiyosiy tahlil asosida ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, kichik sanoat zonalari mahalliy ishlab chiqarishni rag'batlantirish, ish o‘rinlarini yaratish va yangi texnologiyalarni joriy etishda muhim rol o‘ynaydi. O‘zbekistonda 2017-yildan boshlangan iqtisodiy islohotlar doirasida kichik sanoat zonalari tarmog'ining jadal kengayishi qayd etilgan. Xulosa qilib aytganda, MSZlarning muvaffaqiyatli faoliyati davlat siyosatining aniqligiga, infratuzilma rivojlanishiga va xususiylashtirishning to‘g'ri amalga oshirilishiga bevosita bog'liq ekanligi asoslangan.

Mualliflar haqida

Adabiyotlar ro'yxati

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-noyabrdagi PF-5240-son “Kichik sanoat zonalarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g'risida”gi Farmoni. (2017). Toshkent.

2. KICOX (Korea Industrial Complex Corporation). (2022). Annual Report on Korean Industrial Complexes. KICOX, Seoul.

3. Karimov, B.X. Holmatov, A.N. (2022). O‘zbekistonda kichik sanoat zonalari: holat va rivojlanish istiqbollari. “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali, 2(3), 45–62.

4. Toshmatov, A.B. (2023). Maxsus iqtisodiy zonalarning mintaqaviy iqtisodiyotga ta'siri: tahlil va istiqbollar. Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti ilmiy axboroti, 1(18), 78–91.