MEHNAT JAMOALARIDA XODIMLAR MOSLASHUVCHANLIGINING AYRIM JIHATLARI
Annotatsiya
Ushbu maqolada xodimlarning mehnat jamoalariga moslashuvining muhim jihatlari, uning samaradorligini oshirish va
korxonalar uchun afzalliklari tahlil qilinadi. Xodimlarni moslashtirish boshqarishning muhim tarkibiy qismi sifatida, ularning yangi ish
muhitiga moslashuvi, ijtimoiy va ishbilarmonlik fazilatlarini rivojlantirish jarayoni batafsil ko ‘rib chiqiladi. Maqolada xodimning o ‘zini
jamoada his qilishi va korxonada samarali moslashuvni ta'minlash uchun zarur bo ‘lgan omillar — vaqt, bilim, ko’nikma va motivatsiya
kabi faktorlar muhokama qilinadi.